Public Offer (Ommaviy oferta)
OMMAVIY OFERTA
"Interpreter" dasturiy ta'minotidan foydalanish huquqini berish (litsenziya) to'g'risida
Tahrir sanasi: 2026-yil 12-noyabr
Joylashtirilgan manzil: https://useinterpreter.com/offer
1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu hujjat "ALLLINE" mas'uliyati cheklangan jamiyatining (keyingi o'rinlarda "Litsenziar") ommaviy ofertasi hisoblanadi. Unda O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367–370-moddalariga muvofiq "Interpreter" dasturiy ta'minotidan foydalanish huquqini berish shartlari belgilangan.
1.2. Quyidagi harakatlardan birini bajargan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs (keyingi o'rinlarda "Foydalanuvchi") ofertani to'liq va so'zsiz qabul qilgan (aksept) hisoblanadi:
- useinterpreter.com saytida yoki ilovada ro'yxatdan o'tish;
- tarif (paket yoki obuna) uchun to'lov qilish.
Aksept qilingan paytdan boshlab Litsenziar va Foydalanuvchi o'rtasida yozma shaklda tuzilgan shartnoma kuchiga kiradi. Qog'oz shaklda imzolash talab etilmaydi.
1.3. Litsenziar IT Park rezidenti hisoblanadi (guvohnoma № 7224). Ushbu oferta Prezidentning 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-son qarori 10-bandining "b" kichik bandiga muvofiq xorijdan obuna to'lovlarini qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
2. Shartnoma predmeti
2.1. Litsenziar Foydalanuvchiga "Interpreter" dasturiy ta'minotidan (veb-ilova, brauzer kengaytmasi va ilovalar) Internet orqali foydalanish uchun oddiy (noeksklyuziv) litsenziya beradi. Dastur nutqni real vaqtda matnga aylantiradi va tarjima qiladi.
2.2. Huquq Foydalanuvchi tanlagan tarif doirasida beriladi:
- soatbay to'lov (ilovada "Pay as you go"): bir martalik sotib olinadigan soatlar paketi;
- obuna (ilovada "Subscription"): har bir to'lov davrida yangilanadigan soatlar.
2.3. Dasturning manba kodi, unga bo'lgan mutlaq huquqlar va intellektual mulk Litsenziarda qoladi.
3. Narx va to'lov tartibi
3.1. Tariflar narxi AQSh dollarida belgilanadi va https://useinterpreter.com/pricing sahifasida e'lon qilinadi. To'lov paytida e'lon qilingan narx qo'llaniladi.
3.2. To'lov oldindan, bank kartasi orqali amalga oshiriladi. To'lovlarni Litsenziarning rasmiy sotuvchisi (Merchant of Record) bo'lgan xalqaro to'lov operatori o'z nomidan qabul qiladi, tegishli soliqlarni hisoblaydi va tushumni Litsenziarga o'tkazadi. Shu sababli to'lov hujjatlarida ushbu operator nomi ko'rsatilishi mumkin.
3.3. To'lov tasdig'i (elektron chek yoki hisob-faktura) Foydalanuvchining elektron pochtasiga yuboriladi va xizmat ko'rsatilganini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuzilmaydi.
3.4. Obuna har bir to'lov davri oxirida avtomatik yangilanadi. Foydalanuvchi uni istalgan vaqtda ilovaning to'lovlar bo'limida ("Billing") bekor qilishi mumkin.
4. Huquqni berish va foydalanish
4.1. Foydalanish huquqi to'lov tasdiqlangandan so'ng darhol, soatlar Foydalanuvchining hisob qaydnomasiga qo'shilgan paytdan boshlab berilgan hisoblanadi.
4.2. Avval sinov vaqti, keyin soatbay to'lov soatlari, so'ngra obuna soatlari ishlatiladi. Foydalanuvchi to'lovlar bo'limida bu tartibni o'zgartirishi mumkin. Soatbay to'lov bilan sotib olingan soatlarning amal qilish muddati cheklanmaydi.
5. Foydalanuvchining majburiyatlari
5.1. Foydalanuvchi:
- haqiqiy ma'lumotlar bilan ro'yxatdan o'tadi;
- 18 yoshdan katta bo'lishi kerak;
- bir shaxs faqat bitta hisob qaydnomasi ochadi;
- tizimga kirish ma'lumotlarini boshqalarga bermaydi.
5.2. Quyidagilar taqiqlanadi:
- noqonuniy faoliyat;
- tizimni buzishga yoki dastur kodini tiklashga (teskari muhandislik) urinish;
- avtomatlashtirilgan dasturlar (botlar) orqali foydalanish.
6. Javobgarlik
6.1. Matn sun'iy intellekt yordamida yaratiladi va to'liq aniq bo'lmasligi mumkin. Yakuniy qarorni Foydalanuvchi o'zi qabul qiladi.
6.2. Litsenziar xizmatning to'liq uzluksiz ishlashini kafolatlamaydi.
6.3. Litsenziarning har qanday nizo bo'yicha umumiy javobgarligi Foydalanuvchi oxirgi 1 oy ichida to'lagan summa bilan cheklanadi.
7. Hisob qaydnomasini yopish va pulni qaytarish
7.1. Foydalanuvchi o'z hisob qaydnomasini istalgan vaqtda o'chirishi mumkin. Litsenziar ushbu shartlarni buzgan hisob qaydnomalarini yopishi mumkin.
7.2. Sotib olingan, lekin ishlatilmagan soatlar uchun pul qaytarilmaydi. Bu Foydalanuvchi mamlakatining majburiy iste'molchi huquqlari qoidalariga zid bo'lmagan darajada amal qiladi.
8. Ofertani o'zgartirish va amal qilish muddati
8.1. Oferta Litsenziar uni bekor qilgunga qadar amal qiladi.
8.2. Litsenziar ofertani o'zgartirishi mumkin. Muhim o'zgarishlar haqida Foydalanuvchiga elektron pochta orqali xabar beriladi. O'zgarishlardan keyin xizmatdan foydalanishda davom etish yangi tahrirni qabul qilish hisoblanadi.
9. Shaxsiy ma'lumotlar
9.1. Shaxsiy ma'lumotlar https://useinterpreter.com/privacy sahifasidagi Maxfiylik siyosatiga muvofiq qayta ishlanadi.
10. Nizolarni hal qilish
10.1. Shartnomaga O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi qo'llaniladi.
10.2. Nizolar avval muzokaralar yo'li bilan, kelishilmasa Litsenziar joylashgan yerdagi sudda hal etiladi.
11. Litsenziar rekvizitlari
- "ALLLINE" mas'uliyati cheklangan jamiyati
- STIR: 313403186
- Yuridik manzil: O'zbekiston, Qashqadaryo viloyati, Yakkabog' tumani, Yangiobod MFY, Yangiobod ko'chasi, 107-uy
- Bank: "KAPITALBANK" ATB Yagona filiali, MFO 01158, INN 207127843
- Elektron pochta: mirkamol@useinterpreter.com
- Direktor: M.B. Shonazarov
PUBLIC OFFER
Licence to use the "Interpreter" software
Version date: 12 November 2026
Published at: https://useinterpreter.com/offer
1. General.
This is a public offer from "ALLLINE" LLC (the "Licensor") under Articles 367–370 of the Civil Code of the Republic of Uzbekistan. You accept this offer in full, and a binding agreement is formed, when you either:
- create an account; or
- pay for any plan.
No paper signature is required.
2. Subject.
The Licensor grants you a non-exclusive licence to use the Interpreter software (web app, browser extension and apps) over the internet. Interpreter turns speech into text in real time and translates it. The right is limited to the plan you choose:
- Pay as you go: hour packs;
- Subscription: hours renewed each billing period.
All intellectual property stays with the Licensor.
3. Price and payment.
- Prices are in US dollars, as shown at https://useinterpreter.com/pricing when you pay.
- Payment is made in advance by card. Payments are accepted by an international payment operator acting as the Licensor's Merchant of Record: it collects payment in its own name, handles applicable taxes and pays the proceeds to the Licensor, so its name may appear on your receipt.
- Your e-mail receipt or invoice confirms the service. No acceptance certificate is issued.
- Subscriptions renew automatically, and you can cancel any time in Billing.
4. Access.
- Access starts as soon as payment is confirmed and the hours are credited.
- Trial time is used first, then Pay as you go hours, then Subscription hours, unless you change the order in Billing.
- Pay as you go hours don't expire.
5. Your obligations.
- Use real details, be 18 or older, and have one account per person.
- Don't share your sign-in.
- No illegal use, no attempts to break or reverse-engineer the system, and no bots.
6. Liability.
- Captions are generated by AI and may contain errors. You remain responsible for your work.
- We don't guarantee 100% uptime.
- Our total liability is limited to the amount you paid in the last 1 month.
7. Closing accounts and refunds.
- You can delete your account any time, and we may close accounts that break these terms.
- Unused purchased hours aren't refunded, except where the mandatory consumer law of your country says otherwise.
8. Changes.
- This offer stays in force until withdrawn.
- We'll e-mail you about major changes. If you keep using the service after a change, you accept the new version.
9. Privacy.
10. Law and disputes.
- The laws of the Republic of Uzbekistan apply.
- Disputes are settled by negotiation first, then in the courts at the Licensor's location. This doesn't remove any mandatory consumer rights you have.
11. Licensor details.
- "ALLLINE" LLC, TIN 313403186
- Address: Yangiobod MFY, Yangiobod str. 107, Yakkabog' district, Kashkadarya region, Uzbekistan
- Bank: JSCB "KAPITALBANK" Single Branch, MFO 01158
- E-mail: mirkamol@useinterpreter.com